Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022. Argentina 1-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Saudiya Arabistoni guruhda qolib ketdi

JCh-2022. Argentina 1-o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Saudiya Arabistoni guruhda qolib ketdi

Jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshlagan Argentina keyingi bosqichga 1-o‘rin bilan chiqdi. Chempionatni shov-shuv bilan boshlagan Saudiya Arabistoni esa guruhda qolib ketdi.

Argentina so‘nggi turda Polshani mag‘lubiyatga uchratdi.

Meksika esa Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsada, to‘plar nisbatiga ko‘ra polyaklar 1/8 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

JCh-2022. S guruhi. 3-tur

Polsha — Argentina 0:2

Gollar: Makallister (49), Alvares (67).

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Messi (39).

Polsha – Shchensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski (Yenjeychik, 72), Zelinski, Frankovski (Kaminski, 46), Krixovyak (Piontek, 83), Belik (Shimanski, 62), Levandovski, Sviderski (Skuras, 46).

Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 59), De Paul, Makallister (Almada, 84), Fernandes (Pesselya, 79), Di Mariya (Paredes, 59), Messi, Alvares (Martines, 79).

Ogohlantirishlar: Akunya (49), Krixovyak (78).

Saudiya Arabistoni — Meksika 1:2

Gollar: Ad Dovsari (90+5) — Martin (47), Chaves (52).

Saudiya Arabistoni – Al Ovays, Al G‘anam (Bahebri, 88), Tombakti, Al Amri, Al Bulayhi (Sharahili, 37), Abdulhamid, Ad Dosari, Al Hasan (Madu, 46), Kanno, Al Birakan, Ash Shahri (Al Obid, 62).

Meksika – Ochoa, Sanches (K.Alvares, 86), Moreno, Montes, Galyardo, Chaves, Pineda (Rodriges, 77), E.Alvares (Funes, 86), Losano, Martin (Ximenes, 77), Vega (Antuna, 46).

Ogohlantirishlar: Alvares (16), Ash Shahri (28), Al Hasan (34), Tombakti (52), Madu (81), Bahebri (90+7).

Endi nimchorak finalda 3 dekabr kuni Argentina Avstraliya bilan, 4 dekabrda Polsha Fransiya bilan o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring