Zoyir Mirzayev qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini tark etdi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bo‘linib, ikkita alohida vazirlikka aylantirilgani haqida xabar bergan edik.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining yordamchisi bergan xabarga ko‘ra, Yusupov Bahodir Tursunovich Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Bahodir Yusupov 1961 yil 16 avgustda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 1982 yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi a’zosi. Yangi vazifaga tayinlanguncha u O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasida ishlab kelayotgandi.
B.Yusupov 2004 yildan 2009 yilgacha Chust tumani hokimi, 2009 yildan 2010 yilgacha esa Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Toirovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimini saqlab qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter