Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zo‘ravonlikdan himoyalovchi order joriy qilinadi

Zo‘ravonlikdan himoyalovchi order joriy qilinadi

Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun jabrlanuvchilarga himoya orderi berilishi mumkin. Bu haqda bloger Shahnoza Soatova xabar bermoqda.

Himoya orderi nima?

Himoya orderi zo‘ravonlikka uchragan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan shaxsga beriladi.

Order bilan:

  • maishiy zo‘rlik ishlatish taqiqlanadi;
  • zulmkorning jabrlanuvchi bilan bevosita yoki bilvosita aloqada bo‘lishi vaqtincha taqiqlanadi;
  • jabrlanuvchining davolanish, maslahat olish, reabilitatsiya markazida bo‘lish xarajatlari aybdor zimmasiga yuklanadi.

Himoya orderi jabrlanuvchiga maishiy zo‘rlik ishlatilganligi dalili belgilangan vaqtdan boshlab bir sutka ichida beriladi. Order 15 kungacha amal qiladi, amal qilish muddatini 30 kunga uzaytirish mumkin. Himoya orderlari hududiy IIB tomonidan beriladi.

Bugun Senat tomonidan ma’qullangan «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonliklardan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunda shu order joriy etilishi haqida so‘z boragan.

Qonun Prezident imzolagach kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring