Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotadan Sergeliga o‘tayotgan ob’yektlar ma’lum qilindi

Zangiotadan Sergeliga o‘tayotgan ob’yektlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 16.08.2021 y. 1290-IV-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 27.08.2021 y.  SQ-379-IV-son Qarorlari ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari hamda hududiy bo‘linmalari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan Toshkent shahrining Sergeli tumaniga quyidagi ijtimoiy ob’yektlar o‘tkazilishi ta’minlandi:

  • mahallalar – 13 ta;
  • ko‘p qavatli turar joylar – 23 ta;
  • ko‘p qavatli turar joylardagi xonadonlar – 335 ta;
  • yakka tartibdagi uy-joylar – 10 954 ta;
  • noturar joylar – 535 ta;
  • maktablar – 7 ta;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari – 5 ta;
  • diniy muassasalar – 2 ta;
  • qabristonlar – 4 ta;
  • madaniyat markazlari – 1 ta;
  • tibbiy muassasalar – 2 ta.

Zangiota tumanidan Sergeli tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Sergeli tumani etib belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring