Zangiotadagi DXM ham yangi binoga ega bo‘ldi
![Zangiotadagi DXM ham yangi binoga ega bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1767077785.jpg)
Toshkent viloyatida shu yilning o‘zida 4 ta Davlat xizmatlari markazi binolari foydalanishga topshirildi. Beshinchisi bo‘lib, kuni kecha, Zangiota tumani davlat xizmatlari markazining yangi ma’muriy binosi ishga tushga tushirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bir necha soniyalarda navbat ro‘yxatini namoyish etadigan 5ta monitorda sizni qaysi qabul oynasida kutayotganligidan xabardor bo‘lasiz. 24 ta qabul oynalarida 100 turdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.
— Zangiota tumanida 200 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi, — deydi tuman davlat xizmatlari markazi direktori Akbar Dadaboyev. — 2018-yilda markazimiz xodimlari tomonidan 23 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrigacha ko‘rsatilgan xizmatlar soni 61 ming 300 taga yetdi. Shu o‘rinda, markazimizda davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar soni tobora ortib borayotganini ham alohida ta’kidlash lozim.
2018 yilda markazga bir kunda o‘rtacha 40-45 nafar fuqaro murojaat etgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 350-400 nafarni tashkil etmoqda. Tabiiyki, yangi binoda xizmat ko‘rsatish imkoniyati va ko‘lami yanada kengayadi. Shuningdek, binoda tadbirkorlar uchun bosh vazir qabulxonasi ham ish boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter