«Zamin Eco-Education» nomli yangi keng ko‘lamli loyiha taqdim etildi
Dasturning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir 5 may kuni Nukusda bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, «Zamin» fondi eko-ta’limni zamonaviy turmush tarzining muhim asosi deb hisoblaydi va atrof-muhit borasida mas’uliyatli avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan.
Eko-ta’lim atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik fikrini hisobga olishga, jamoat tashkilotlarini jalb qilishga undaydi. Eko-ta’lim barqaror rivojlanishdagi muhim omil va samarali ekologik siyosatning asosidir.
Dastur Ekologik ta’lim fondi (Daniya Qirolligi), UNEP va «Ted-Ed» bilan hamkorlikda amalga oshirilib, bir nechta mustaqil tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: «Eco-Schools», «Green Key», «Earth School» xalqaro loyihalari.
UNICEF va FAO bilan hamkorlikda sanitariya va gigiyena, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha bir nechta ma’rifiy tadbirlarni o‘tkaziladi. Bolalar uchun eko-oromgoh, eko-festivallar, davra suhbatlari va anjumanlar tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter