Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda yangi yilning birinchi kuni nechta chaqaloq tug‘ildi?

Yurtimizda yangi yilning birinchi kuni nechta chaqaloq tug‘ildi?

Foto: SSV

2021-yilning 1-yanvar kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 1086 nafar chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar berdi SSV. Yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 564 nafari o‘g‘il bola, 522 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola hozircha Samarqand viloyatida (148 nafar chaqaloq) dunyoga keldi.

Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati (115 nafar) va Farg‘ona viloyati (113 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan.

Tug‘ilganlarning 5 nafari esa egizaklarni tashkil qiladi. Ayni paytda shifokorlarimiz ularning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvar kuni 1708 nafar, 2020-yilning shu kuni esa 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.

Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining YuNISEF Bolalar jamg‘armasi butun dunyoda bolalar tug‘ilishi bo‘yicha 2021-yilga oid prognozini e’lon qilgani haqida xabar bergandik. 2021-yilning birinchi kunida, ya’ni bugunning o‘zida 371 ming go‘dak tug‘ilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring