Yuridik universitetda o‘rtacha ish haqi 6 mln so‘mdan ziyodni tashkil etmoqda
Toshkent davlat yuridik universiteti jamoatchilikka moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq va shaffof e’lon qilishni yo‘lga qo‘ydi.
Universitet Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, 2019 moliyaviy yilida universitet daromadlari 79 milliard 323 million 700 ming so‘mni tashkil etgan. Daromadning 85,4 foizi o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan.
Universitet 72 milliard 502 million 200 ming so‘m xarajat qilgan. Ushbu mablag‘ning 58 foizi ish haqi, unga tenglashtirilgan to‘lov va nafaqalar, ish haqidan ajratmalar uchun sarflangan.
Talabalar uchun stipendiya to‘lovlariga 10 milliard 816 million 500 ming so‘m ajratilgan.
Qayd etish kerak, TDYuU xodimlarining o‘rtacha ish haqi 6 million 333 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter