Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faqat yuqori salohiyatli kishilargina javob bera oladigan 14 savol

Faqat yuqori salohiyatli kishilargina javob bera oladigan 14 savol

Kollaj: «Xabar.uz»

Ba’zi bilimlar bolaligimizdanoq ongimizda mustahkam o‘rnashadi. Ehtimol, maktabda ko‘pchilik tuyaqushning qumga boshini tiqib olishini eshitgan bo‘lishi mumkin, ammo aslida bu hayratomuz afsona, xolos.

Bizning testimiz sizning bilimlaringiz va dunyoqarashingizning qanchalik kengligini aniqlashga yordam beradi.

Quyida berilgan har bir gapni diqqat bilan o‘qing va bu to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini ayting. Oxirida to‘g‘ri javoblarni keltiramiz.

1. Hayvonlardan farqli o‘laroq, inson faqatgina 5 ta hisga ega: ko‘rish, eshitish, hidlash, paypaslab sezish, ta’m bilish.

2. Bir stakan qahvaga qaraganda bir stakan qora choyda kofein ko‘proq.

3. Samolyotning qora qutisi odatda to‘q ko‘k rangda bo‘ladi.

4. Qattiqqo‘l Finlyandiyada bolalar uchun xevi-metal musiqa guruhlari mavjud.

5. Iqtisodiyotda Lev Tolstoyning romani sharafiga «Anna Karenina prinsipi» deb atalgan atama bor.

6. Ikkala buyrak bo‘lmasa ham, inson yashashi va ishlashi mumkin.

7. Ko‘k kit o‘ljasini yonboshlab yoki chalqancha yotib yeydi.

8. Jirafa yugura olmaydi.

9. Nobel mukofoti 18 yoshga to‘lgan laureatlarga beriladi.

10. Rumin va moldova tillari bitta tildir.

11. Galileo Galiley hukmdan keyin: «U baribir aylanadi», — degan.

12. Spartaliklar nimjon bolalarni jarga tashlab yuborishardi.

13. Oqqushlar o‘rtacha 80 yil yashaydi.

14. «Coca-cola» ichimligi XIX asrda paydo bo‘lgan.

Javoblar

1. Yolg‘on. Bu besh hissiyot Arastu tomonidan ta’riflangan, ammo hozirgi olimlar ular juda ko‘pligini aytishadi: masalan, harorat hissi, og‘riq hissi, muvozanat hissi. Tadqiqotchilarning aksariyati inson 21 ta hissiyotni boshdan kechirishga qodir deb hisoblaydi.

2. Yolg‘on. Yangi damlangan bir porsiya qahvada (237 ml) 165 mg kofein bo‘lsa, shuncha qora choyda 48 mg kofein bo‘ladi.

3. Yolg‘on. Samolyotning qora qutisi halokat sodir bo‘lganda oson topilishi uchun to‘q sariq rangda, shikastlanish ehtimolini kamaytirish uchun ko‘pincha shar yoki silindr shaklida bo‘ladi.

4. Rost. Finlandiyada bir nechta shunday musiqiy guruhlar mavjud. Ular orasida eng mashhuri «Hevisaurus» bo‘lib, solistlari dinozavr libosida sahnaga chiqadilar.

5. Rost. Bu prinsip boshqa fanlarda ham bor va u romandagi birinchi gapga asoslangan: «Baxtli oilalarning hammasi bir-biriga o‘xshaydi, baxtsiz oilalarning har biri o‘zicha baxtsizdir».

6. Rost. Gemodializ yordamida inson ikkala buyraksiz ham 10 yilgacha yashashi mumkin.

7. Rost. Ko‘k kit katta miqdordagi xo‘rak va suvni pastki jag‘ida to‘playdi va jag‘i yopilishi uchun aylanadi.

8. Yolg‘on. Jirafa 55 km/soat tezlikda yugurishi mumkin.

9. Yolg‘on. Pokistonlik inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzay 2014 yili 17 yoshida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.

10. Rost. Bu ikki til orasida ba’zi farqlar bo‘lishiga qaramasdan, olimlar ularni ikki nomdagi bitta til deb hisoblaydilar.

11. Yolg‘on. Bu tasdiqlanmagan.

12. Yolg‘on. Tayget tog‘ida arxeologlar bolalarning emas, balki katta odamlarning qoldiqlarini topishgan.

13. Yolg‘on. Oqqushlar 20 yildan sal ko‘proq yashaydi. Yer yuzidagi eng qari oqqush 40 yasharligida o‘lgan.

14. Rost. Ushbu mashhur ichimlik 1886 yildan ishlab chiqarila boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring