Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaharlarda eng yuqori harakat tezligini 60 km/soatga pasaytirish taklif etilmoqda

Shaharlarda eng yuqori harakat tezligini 60 km/soatga pasaytirish taklif etilmoqda

«Yo‘llarda travmatizmni kamaytirish va oldini olish, o‘lim holatlarini kamaytirish mumkin. Misol uchun, Norvegiyaning poytaxti Oslo shahrida 2019-yilda o‘limga sabab bo‘lgan birgina YTH sodir bo‘ldi: avtomobil panjara to‘siqqa urilishi natijasida haydovchi halok bo‘ldi. Bitta ham piyoda yoki velosipedchi o‘limi holati sodir bo‘lmadi.

Oslo yo‘llaridagi vaziyatni yaxshilashga shahar ichida tezlikni keskin cheklash, shahar markaziy tumanlarida avtomobil yo‘llari sonini kamaytirish, yo‘l qoplanishi sifatini yaxshilash va avtomobillarning zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanishi kabi omillar sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, Norvegiyada velosipedlar tobora ommalashib boryapti» deyiladi «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati xabarida.

Shu sababli harakat jahon amaliyoti va yurtimizdagi vaziyatni kompleks tadqiq etish asosida shaharlar va aholi yashash punktlari yo‘llarida eng yuqori harakat tezligini 70 km/soat dan 60 km/soatga pasaytirish masalasini ilgari surgan. 

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida yiliga o‘rtacha 9-10 mingta yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘ladi, ulardan ikki mingdan ortig‘ida insonlar halok bo‘lmoqda.

2018-yilning o‘zida O‘zbekistonda 2 262 nafar kishi YTH qurboni bo‘ldi.

Halok bo‘lganlar soni 2017-yilga nisbatan 8,5 foizga kamaygan bo‘lsa-da (2 473 kishi), bu ko‘rsatkich hamon yuqori — bir kunda 6 kishi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring