Yoz boshlandi. Iyunda yana anomal issiqlar bo‘ladimi?
«O‘zgidromet» tomonidan dunyoning yetakchi prognostik markazlari hisob-kitoblarini jalb qilgan holda tuzilgan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu yilning iyun oyi o‘rtacha issiq bo‘ladi.
Iyun oyida o‘rtacha oylik harorat me’yor atrofida, respublika shimoli bo‘yicha ba’zi joylarda asosan me’yordan 1-2° ga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oy davomida respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida kunduz kungi harorat 29-32° dan 36-39° gacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida eng issiq davrlarda havo harorati 40-42° gacha ko‘tariladi.
So‘nggi 3 yil ichida iyun oyi qanday bo‘lgan?
2019-yil iyun oyi Toshkentda havo harorati deyarli oy davomida 29-34 daraja atrofida qulay bo‘ldi va faqat oyning eng oxirida 35-37° gacha ko‘tarildi.
2020-yil iyun oyi uncha issiq bo‘lmadi. Masalan, Toshkentda havo harorati faqat bir marta 40° ga yetgan.
2021 yil iyun oyi anomal issiq bo‘ldi. Ko‘pchilik viloyatlarda o‘tgan yilning iyun oyi O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq, ba’zi joylarda esa juda issiq bo‘ldi. Respublikaning ayrim hududlarida barcha meteorologik kuzatuvlar qatorlari bo‘yicha iyun oyi uchun maksimal havo haroratining rekordlari o‘rnatildi.
Ushbu yilning iyun oyida yog‘ingarchilik me’yordan kam, markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Umuman olganda, Markaziy Osiyoda yoz qurg‘oqchilik bilan ajralib turishiga qaramay, O‘zbekistonda iyun oyida ba’zan mahalliy xususiyatga ega jadalligi biroz bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘adi. Shunday qilib, 2019 yil iyun oyi boshida Toshkentda do‘l bilan juda kuchli yomg‘ir yog‘di. Turli hududlarda 2-3 soat ichida 20 mm dan 50 mm gacha yog‘ingarchilik bo‘ldi, bu iyun oyining oylik me’yoridan nisbatan ko‘p bo‘ldi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida iyun oyida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi eng xafli deb hisoblanadi, chunki ular sel va suv toshqinlari o‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Keyinchalik, yozning oxirigacha o‘rtacha harorat me’yor atrofida va me’yordan deyarli yuqori bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Yoz anomal issiq bo‘lmaydi, lekin juda issiq ob-havo davrlari, albatta, istisno qilinmaydi. Bu mamlakatimiz iqlimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter