Yoshlar kunida yosh oilalar uchun bayram sovg‘asi

Bugun, 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Yakkabog‘ tumanida qad rostlagan «Yoshlar uyi» yosh oilalarga tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yosh oilalar uchun barpo etilgan «Yoshlar» uylarini topshirish marosimi munosabati bilan Yoshlar ittifoqi viloyat va tuman Kengashi faollari, tuman hokimligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va yoshlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor samarasi aholi farovonligi va turmush madaniyatini yuksaltirishdek ezgu ishlarda namoyon bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.
Muxtasar qilib aytganda, yurtimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, bularning barchasi ozod yurtimizning navqiron avlodlarini tarbiyalash, ularning manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish, bilimli, sog‘lom va barkamol voyaga yetishlarini ta’minlashga qaratilgan ezgu ishlardir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter