Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i vafot etdi
Yoshlar ishlari agentligining Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Mansurbek Masharipov bugun, 15 avgust kuni 38 yoshida vafot etdi.
Mansurbek Masharipov «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tizimida uzoq yillar mehnat qilgan. Keyinroq Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmalari rahbari bo‘lgan.
2020 yilda Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter