Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yoshlar forumi» yoshlar va «kattalar» o‘rtasida haqiqiy ko‘prik bo‘ldi

«Yoshlar forumi» yoshlar va «kattalar» o‘rtasida haqiqiy ko‘prik bo‘ldi

20-21 dekabr kunlari poytaxtimizda ikkinchi bor tashkil qilingan «Yoshlar forumi» nafaqat yurtimiz yoshlari balkim unga spiker sifatida chaqirilgan vazirlarning ham forumi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Forum yoshlarning savollarini tinglash bilan bir qatorda vazirlarga yangi qarorlarni yoki islohotlarni amalga oshirishga turtki bo‘luvchi g‘oyalarni berdi. Xususan, Oliy ta’lim vaziriga bildirilgan 24 soatlik kutubxona, tibbiyot uchun yetishmayotgan hamda eskirgan darsliklar o‘rnini egallashi lozim bo‘lgan qo‘llanma va kitoblarni tarjima qilish, Sherzod Shermatovga yagona onlayn yoshlar platformasi ishlanmasining taqdim etilishi, Madaniyat vaziri bilan avtoklublar tashkil etish g‘oyasi shular jumlasidandir.

Shuningdek, bu forum kino ixlosmandlarini ham chetda qoldirmadi. Yodgor Sa’diyevning master-klassi tom ma’noda barchaning yodida qoldi. Rayxon Ulasenova, Alisher Uzoqov, Umid Hamdamovlar bilan bo‘lgan davra suhbati ham ancha-muncha auditoriyani o‘zida jamlay oldi.

Bugungi kunda butun jahonda Gender tengligi haqida jar solinayotgan bir vaqtda forumda ham bu masala tashkilotchilar nazaridan chetda qolmadi. Aqida Hanum, Aziza Umarova, Shahnoza Soatova kabi ayollar huquqini himoya qilishda o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbati ham qizlarimizning jamiyatdagi o‘zlarini qiynagan savollarga professional tarzda javob olishlariga yordam berdi.

Umuman olganda, forum yoshlar istaklarini hisobga olgan holda tashkil etilgan bo‘lsa-da, u yerdan nafaqat yoshlar, balki mutasaddilar ham bir olam yangi g‘oyalar generatori bilan chiqib ketishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring