Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh bolani qorovulga tashlab ketgan YPX xodimi lavozimidan ozod etildi

Yosh bolani qorovulga tashlab ketgan YPX xodimi lavozimidan ozod etildi

Foto: «Nasafnews»

Yakkabog‘da fuqaroning mashinasini ichida yosh bola bo‘lishiga qaramay haydab ketgan YPX xodimi lavozimidan ozod etildi.

Joriy yil avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumanida YPX xodimi Z.Husanov fuqarolardan birining «Lacetti» mashinasini ichida yosh bola bo‘lgan holda minib ketib qolgani tasvirlangan video tarqalgandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Z.Husanov mashinani jarima maydonchasiga joylashtirib, uning ichida bo‘lgan yosh bolani jarima maydonchasi qorovuliga tashlab ketgan.

O‘shanda IIV YHXBB axborot xizmati xodimning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandi.

Ma’lum bo‘lishicha, xizmat tekshiruvi yakunlangan.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruviga ko‘ra, Yakkabog‘ tumani IIB YHXB YPX inspektori Z.Husanov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganiga qaramasdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan. U xizmat mobaynida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi Nizom» hamda ichki ishlar vazirining me’yoriy buyrug‘i talablarini buzgan.

Shu sababli Yakkabog‘ tumani IIB YHXB YPX inspektori Z.Husanov egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring