Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yomg‘ir ham Toshkent havosini tozalay olmayapti

Yomg‘ir ham Toshkent havosini tozalay olmayapti

Foto: Xabar.uz

Bugun, 7-yanvar kuni yog‘ib o‘tayotgan jadal yomg‘irlarga qaramay, poytaxt havosi iflos moddalardan tozalanmadi. Bu haqda olim Erkin Abdulahatov ma’lumot bermoqda. 

«Bu aniq chang bilan bog‘liq ifloslanish emas. Mo‘rilardan chiqayotgan havoni ifloslantiruvchi tashlamalar ekani aniq.

Soat 19.00 xolati poytaxtda jadal yomg‘ir yog‘ayotganiga qaramay, havo sifati «yashil» xavfsiz muhitga qaytmadi», deya yozadi meteorolog.

Poytaxtning barcha nuqtalarida o‘rnatilgan havo sifatini monitoring qiluvchi datchiklar «sariq» va «qizil» xavfni bermoqda.

Toshkent bir necha kun avval havosi iflos shaharlar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa chiqqandi. 

Avvalroq qishning iliq kelishi oqibatlari haqida ma’lumot berilgandi. E. Abdulahatov o‘tgan yili dekabr oyidagi iliqlik tomon yetaklagan iqlim karuselining birinchi navbatda qishloq-xo‘jalik sektorida muammolar keltirishini ma’lum qilgan. Kanaldagi so‘rovnomada ham kuzatuvchilarning 64 foizi iliq qish birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida iqtisodiy zararlar ko‘lamini ko‘paytirishini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring