Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirtilgan va yelimlangan pullar taqdiri nima bo‘ladi?

Yirtilgan va yelimlangan pullar taqdiri nima bo‘ladi?

Foto: Xabar.uz

Yirtilib bo‘laklarga ajrab qolgan va yelimlangan pullar har qanday savdoda qabul qilinishi kerak.

Faqat bu holda yelimlangan pulning qismlari bitta banknotaga tegishli bo‘lishi lozim. Misol uchun, 100 ming so‘mlik pul yirtilsa, unga faqat shu banknotaning yirtilgan qisminigina yelimlash mumkin (boshqa 100 ming so‘mlik pulning yirtilgan qismini emas).

Quyidagi holatlarda ham pullar ishlatishga yaroqli hisoblanib, hech qanday moneliksiz to‘lovga qabul qilinishi va tushum puli sifatida banklarga topshirilishi mumkin:

- har qanday qismida teshik yoki yirtilish bo‘lgan, qog‘ozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qog‘oz ko‘rinishiga kelib qolgan) hamda dog‘lari bo‘lgan va turli rasm va yozuvlar yozilgan banknotlar;

-bo‘yoq moddalari yoki kislota to‘kilgan, tabiiy rangi o‘zgargan, kuygan, bo‘yalgan yoki chizilgan pullar;

- umumiy hajmining 55 foizidan kam bo‘lmagan qismini saqlab qolgan banknotlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring