Yil yakunigacha farmatsevtika mahsulotlari eksportini 105 million dollarga yetkazish yuklatildi
Bugungi yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev eksportning asosiy qismi (84 foizi) Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri kelayotganiga e’tibor qaratib, qolgan viloyatlarda ushbu ko‘rsatkichlar qoniqarsiz ahvoldaligini tanqid qildi.
Xabarga ko‘ra, mutasaddilarga yil yakunigacha farmatsevtika mahsulotlari eksportini 105 mln. dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Viloyat hokimlari loyihalarni amalga oshirishdagi tashkiliy masalalarni hal qilishga shaxsan mas’ul ekanliklari ta’kidlandi.
1-iyulga qadar talab yuqori bo‘lgan 120 turdagi dori vositalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3 yil muddatga kafolatli xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Hozirgi kunda ushbu dorilar 300 mln. dollarga chetdan olib kelinmoqda.
Bunda, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan 25 turdagi dorilar 1-iyuldan xarid qilinadi. Kelgusi yildan esa 70 turdagi dorilarni ishlab chiqarish va sotib olish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda asosiy e’tibor onkologiya, gematologiya, endokrin va virusli kasalliklarni davolashga qaratiladi.
Joriy yilda kafolatli xaridlarga 300 mlrd. so‘m yo‘naltiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter