Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yigit «uylanaman» deb qizni 100 mlnga tushirdi

Yigit «uylanaman» deb qizni 100 mlnga tushirdi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryoda yigit qizga uylanaman deb, uning 100 mln so‘mlik buyumlarini o‘zlashtirib ketdi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Sherobod tumanining Qo‘rg‘on mahallasida yashovchi, T.Diyora (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu tumanda yashovchi, D.Javohir 2019 yildan hozirgi kunga qadar unga uylanishini aytib, jami 100 mln so‘mlik narsa buyumlarini o‘zlashtirib ketganligini bildirgan.

5 oktyabr kuni D.Javohirga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring