Yaxshi yashashni istovchilar uchun: dunyodagi eng qulay qamoqxona ochildi
![Yaxshi yashashni istovchilar uchun: dunyodagi eng qulay qamoqxona ochildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3717136103.jpg)
Qamoqxonani qurish uchun 5 yil vaqt ketdi.
Daniyaning Gundslev shahri yaqinida Storstryom nomli dunyodagi eng qulay qamoqxona ochildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning qurilishiga taxminan 160 million dollar sarf etildi.
Qamoqxona 250 nafar mahbus uchun mo‘ljallangan. Har bir kamera kattaligi 4 kvadrat metr bo‘lib, televizor, muzlatgich, javon, katta oyna va cho‘milish xonasidan iborat. Shuningdek, qamoqxonada ibodat qilish uchun ham alohida xona, sport maydonchalari, umumiy xonalar, shaxsiy bog‘lar, qishloq xo‘jaligi yerlari ajratilgan. Qamoqxonani qurish uchun 5 yil vaqt ketdi.
2003-yilning iyun oyida Britaniya qurolli kuchlari Iroqda yangi qamoqxona ochishgan edi. Unda bitta kamerada 4 nafar mahbus bo‘lishi mo‘ljallangan edi. Ammo qamoqxonadagi sharoitlarni yaxshi va qulay deb bo‘lmaydi. Albatta, bu ayrim fuqarolarning yaxshi sharoit istab, qamoqqa tushishlarining oldini olish uchun qilingan chora-tadbirdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter