Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yanvar oyida anomal sovuq kuzatiladimi?

Yanvar oyida anomal sovuq kuzatiladimi?

Foto: Xabar.uz

Bu yil yanvar oyining birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti.

Havo harorati yanvar oyi boshi uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha harorat kechalari 3-8daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda 10-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Harorat kechalari 10-12 daraja sovuqqacha, shimolda 17-20 daraja sovuqqacha qisqa davrga pasayishi ehtimoli bor.

Oyning ayrim kunlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring