Yangiyo‘llik shaxs qidiruvga berildi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashagan Mirzarahimov Otabek Hasan o‘g‘li qidiruvga berildi.
U 1995-yil 20-noyabrda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Oilali. Muqaddam Yangiyo‘l shahar «Mustaqillik» MFYda yashagan.
Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, u blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanib, «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkilotining g‘oyalarini hamda oqim targ‘ibotchilarning diniy mazmundagi materiallarni targ‘ib qilib, tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan, Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O.Mirzarahimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244(1)-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter