«Yangiyo‘l tumangaz» rahbari va «Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi» sobiq rahbari qamoqqa olindi
Respublika shtabi yig‘ilishida Bosh prokurorning ma’lum qilishicha, «Yangiyo‘l tumangaz» rahbari U.T. va «Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi» sobiq rahbari F.Sh.ga ham jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
«Agar boshqa hududlardagi mas’ullar ham bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasa va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ysa, ularga ham albatta xuddi shunday jinoiy ish qo‘zg‘atiladi», — dedi Sardor Umurzoqov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Hududgaz Toshkent» filiali direktori qamoqqa olingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter