Yangilik! Toshkent metrosida yo‘lovchilar kutubxonasi paydo bo‘ldi (foto)
Kecha, 5-avgustdan Toshkent metrosining Paxtakor bekatidan Navoiy bekatiga o‘tish joyida kutubxona xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.
Aytilishicha, ushbu tashabbusga qiziquvchi yoshlar ko‘p. Turli tillardagi eng sara asarlar o‘quvchilar uchun taqdim qilinadi. Mutolaa uchun sharoit yaratilgan. Kelgusida kitobxonlar uchun shu joyda salqin ichimlik va shirinlik do‘koni ham ochilishi rejalashtirilayotgan ekan.
Bu tajriba o‘zini oqlasa, metroning boshqa o‘tish bekatlarida ham xuddi shunday kichik kutubxonalar xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter