Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi vazirliklarda qancha odam ishlashi ma’lum bo‘ldi

Yangi vazirliklarda qancha odam ishlashi ma’lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

Turizm va sport vazirligi negizida ikki — Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu vazirliklarda qancha odam ishlashi ma’lum qilindi.

Turizm va madaniy meros vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 84 nafar, vazirlikning hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni esa 386 nafar etib belgilandi.

Sportni rivojlantirish vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni esa 76 nafar, vazirlikning hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 594 nafar etib belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring