Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta vazirlikka taqdimnoma kiritildi

To‘rtta vazirlikka taqdimnoma kiritildi

Foto: Xabar.uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlarini aniqladi.

Xususan, Agentlik tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik sub’yektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlangan.

Jumladan:

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta;
  • Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta;
  • Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik sub’yektida ta’sischi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha mazkur vazirliklarga Agentlikning taqdimnomalari kiritilgan.

Eslatilishicha, davlat fuqarolik xizmatchilariga «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring