Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yangi namunaviy uy yashashga yaroqsiz bo‘lib chiqdi

Namanganda yangi namunaviy uy yashashga yaroqsiz bo‘lib chiqdi

Illyustrativ foto

Foto:«O‘zA»

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi Qosimov Azamat yozma murojaat etgan.

Arizada ma’lum bo‘lishicha, «Qishloq qurilish invest» MChJning 2018-yil 14-may kungi 11-sonli shartnomasiga asosan Chortoq tuman Do‘stlik MFY hududidagi uch qavatli namunaviy uy joyidan birini fuqaro Qosimov Azamat 120 mln so‘m evaziga olgan. Ammo uy shartnomada belgilangan tartibda ta’mirlanmaganligi sababli muammolar yuzaga kelganligi, yuqori qavatdan suv o‘tib ketgani sababli yordam so‘ragan.

Ushbu murojaat o‘rganilib, Federatsiya aralashuvidan keyin xonadonning ta’mirtalab joylari iste’molchi istagiga muvofiq va shartnomada ko‘rsatilgan holatga keltirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring