Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Konstitutsiyamiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi — Prezident

Yangi Konstitutsiyamiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev bayram tabrigida yangilanayotgan Konstitutsiyaga alohida to‘xtaldi.

«Albatta, bunday keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirishda oldimizda turli qiyinchilik va muammolar paydo bo‘lishi tabiiy hol. Lekin o‘z tarixida qancha-qancha sinov va mashaqqatlarni boshidan kechirgan mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilikni yengib o‘tishga qodir. Men bunga qat’iy ishonaman.

Asosiy muallifi va ijodkori xalqimiz bo‘lgan — yangilanayotgan Konstitutsiyamiz bu yo‘lda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Asosiy qonunimizni shoshilmasdan, chuqur o‘ylab, xalqimiz bilan maslahat qilib, faqat umumxalq referendumi asosida qabul qilamiz.

Ishonchim komil, Yangi Konstitutsiyamiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi», — dedi Prezident.

«Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni faol qo‘llab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda doimo fidoiylik ko‘rsatib kelayotgan mehnatkash, olijanob va bag‘rikeng xalqimizga chin dildan ta’zim qilaman.

Siz, aziz yurtdoshlarimni O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

Ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin!

Yaratganning o‘zi barchamizni panohida asrasin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!», — dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring