Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana talon-torojlik. Bu safar Namanganda...

Yana talon-torojlik. Bu safar Namanganda...

Foto: «Xabar.uz»

Namangan tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mansabdorlari 216,2 mln. so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, markaz mansabdor shaxslari ish so‘rab murojaat qilmagan va ishsizlar ro‘yxatiga kiritilmagan 204 nafar fuqaroni go‘yoki jamoat ishlariga jalb etilganligi haqida soxta hujjatlar tuzish orqali qayd etilgan miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilib yuborishgan.

Holat yuzasidan o‘zlashtirish (JK, 167-modda) va mansab soxtakorligi (JK, 209-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring