Yana ikkita «Boeing 787 Dreamliner» samolyoti xarid qilinadi
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yangi temir yo‘llar qurish va elektrlashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish choralari ko‘riladi.
Unga asosan, 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari tuziladi.
Bunda:
- yangi 2 ta «Boeing 787 Dreamliner» samolyotini xarid qilish, «Toshkent-Sharqiy» zamonaviy aeroportini qurish;
- «Andijon-Savay-Xonobod» temir yo‘l uchastkasi modernizatsiya qilish, Toshkent metropolitenining Yunusobod, Sirg‘ali va Toshkent shahrining aylanma yer usti qismining birinchi bosqichini qurish nazarda tutiladi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» bugunga qadar uchta «Dreamliner» samolyotini sotib olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter