Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 20 ta qo‘shimcha samolyot olib kelinadi

Yana 20 ta qo‘shimcha samolyot olib kelinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Videoselektor yig‘ilishida so‘nggi yillarda 5 ta yangi xususiy aviakompaniya tashkil qilingani, aviapark 44 taga yetgani qayd etildi.

O‘tgan yili yangi Samarqand aeroporti «beshinchi osmon» rejimida ishlashiga o‘tgani hisobiga, haftalik aviaqatnovlar soni 46 tadan 78 taga, yo‘lovchi oqimi esa 6,5 mingdan 10 mingtaga ko‘paydi.

Lekin, ichki reyslar taqchilligi kuzatilmoqda, temir yo‘lda haftasiga 68 ta qo‘shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab bor. Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan va Surxondaryoda sayyohlarga avtobus yetishmaydi.

Shu munosabat bilan fuqarolik aviatsiyasi rahbarlariga:

  • yil yakuniga qadar 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyotlarni olib kelib, milliy aviatsiya parkini 64 taga yetkazish;
  • aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 461 tadan 700 taga yetkazib, yillik yo‘lovchi tashishni 7,5 millionga olib chiqish;
  • 1 maydan boshlab vodiy – Urganch, vodiy – Termiz, vodiy – Buxoro, vodiy – Samarqand, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda, aviabilet xarajatlarining 25 foiziga subsidiya beriladi va bunga 60 milliard so‘m ajratiladi.

Umuman, jami mahalliy reyslar soni 2 baravar oshirilib, 100 taga yetkazilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring