Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham dekret pulini davlat kafolatlaydi

Xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham dekret pulini davlat kafolatlaydi

Prezident ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish va bu boradagi yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi.

Mamlakatimizda har yili o‘rtacha 700 ming chaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli bo‘lgan ayollar kamida 4 oyga ishdan ajralishi, dekretga chiqishi kerak.

«Ochiq aytish kerak, ayni paytda budjet tashkilotlari homiladorlik nafaqasini to‘liq to‘lab bersada, xususiy sektorda bu xarajat tufayli ayollarni rasmiy ishga olishdan qochish holatlari ham, afsuski bor», dedi Prezident.

Shu bois, 2022 yil 1 sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli to‘lab beradigan tizim yaratiladi.

Endi, ularga ham 4 oyga 2 million so‘m miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi to‘lab beriladi.

Bu maqsadlar uchun, budjetdan 2022 yilda 200 milliard so‘m, 2023 yilda esa 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring