«Xushnudbek.uz» Telegram kanali 1 yoshga to‘ldi
Taniqli huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning «Xushnudbek.uz» Telegram kanali tarmoqda sifatli, tezkor axborot yetkazib beruvchi resurs sanaladi.
Ayni damda 80 mingdan ortiq o‘quvchisi bor ushbu kanal o‘quvchilarning ko‘plab muammolarini yoritmoqda, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali jamoasi muallifni bir yoshlik kichik yubiley bilan tabriklaydi.
Shuningdek, Xushnudbek Xudoyberdiyev saytimiz kolumnistlaridan biri bo‘lib, maqolalari bilan ushbu havola orqali tanishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter