Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev: «Toshkent shahri propiskasi kasriga Toshkent viloyati ham qolib ketyapti» (video)

Xushnudbek Xudoyberdiyev: «Toshkent shahri propiskasi kasriga Toshkent viloyati ham qolib ketyapti» (video)

Foto:«Xabar.uz»

IIV rasmiylari ishtirokida «Ichki ishlar organlarida migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida» matbuot anjumani haqida xabar bergandik. 

Tadbirda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Toshkent propiskasi va ikkilamchi bozordan uy sotib olish va boshqa masalalar xususida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. 

«Oxirgi paytlarda propiska bilan bog‘liq yengilliklar bo‘layotgani rost. Ammo bu masalaga oid mantiqsizliklar ham bor. Masalan Toshkentda propiska beruvchi tashkilotlar ichida nodavlat tashkilotlarning ham borligi. Ikkinchi masala: Toshkent viloyati propiska nimaga kerak? Toshkent shahrini mayli, tushundik.

Masalan, Bo‘kaga yohud Oqqo‘rg‘onga nima uchun kerak, 12 ta band bo‘yicha propiskaga kirish? Toshkent viloyati og‘riqli nuqtamiz deymiz. Balki, propiskayam bir sababdir. U yerga balki shu sabab hech kim bormas, infrastruktura rivojlanmas...» deya fikrini bayon etdi bloger. 

Xushnudbek Xudoyberdiyevning to‘liq fikrlari bilan quyidagi videoda tanishishingiz mumkin.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring