Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zA bosh direktori o‘rinbosari bo‘ldi

Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zA bosh direktori o‘rinbosari bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Taniqli bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev O‘zbekiston milliy axborot agentligi Bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabarlar tarqaldi. «Xabar.uz» manbasi ushbu tayinlovni tasdiqladi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev bunga qadar Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabrida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingandi.

O‘sha qarorga ko‘ra, O‘zA bosh direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirga, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari esa tegishlicha vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtirilishi belgilangan.

Hozircha bu tayinlov rasman e’lon qilingani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring