Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi yangi loyihaga qo‘l urdi

Xotin-qizlar qo‘mitasi yangi loyihaga qo‘l urdi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

Bugungi kunda 2 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolari (32 million aholidan) Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya davlatlarida mehnat migrantlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Natijada bolalarni institutsional muassasalarida (internatlarda) uzoq vaqtga tashlab ketish holatlar ko‘payib bormoqda.

Hozirda mehnat migratsiyasining oila va bolalarga ta’sirini o‘rganib chiqqan rasmiy tadqiqotlar mavjud emas. Shuningdek, bolalar himoyasiga va migratsiyani salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar ham mavjud emas.

Yuqoridagi ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqib O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi YuNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda «migratsiya oqibatida himoyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni himoya qilish» mavzusidagi xalqaro loyihaga qo‘l urdi.

2018 yil 11 iyun kuni mazkur masalalar bo‘yicha eskpertlarning dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Xotin-qizlar qo‘mitasi, «YuNISEF» jamg‘armasi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi vakillaridan iborat ekspert guruhi ish boshladi.

Mazkur loyiha 36 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, mamlakatning 4 viloyatini qamrab olishi kutilmoqda.

Loyiha davomida migrant oilalarning farzandlarini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish, ularning har tomonlama kamol topishi asosiy maqsad etib belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring