Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar ko‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi.
«Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, shu paytga qadar Namangan viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan Mahkamova Zulayho Bahriddinovna qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Aytish kerakki, shu paytga qadar qo‘mitada birinchi o‘rinbosar lavozimi joriy etilmagan edi.
Shuningdek, qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nurmatova Shoira Oktyabrevna boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan uning o‘rniga O‘zbekiston Milliy universiteti Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik kafedrasi professori Nurmatova Mukarram Ahmedovna yangi o‘rinbosar etib tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter