Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida yangi klub ish boshladi
![Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida yangi klub ish boshladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2958026815.jpg)
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi «Nodavlat notijorat tashkilotlar klubi» tashkil qilindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Klubning asosiy maqsadi xotin-qizlar sohasida faoliyat olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlarning hamkorlik qilish, faoliyatini muvofiqlashtirish maydonini yaratish, ijobiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlashtirish, ayollar va bolalar masalalarida duch kelayotgan muammolarda NNTlarning rolini oshirishdan iborat.
Klubning asosiy vazifalari sohada faoliyat olib boruvchi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yo‘nalishlarini belgilab berish va shu asosida ularni birlashtirish, namunali tashkilotlarning ish uslublari intgeratsiyasini yo‘lga qo‘yish, Xotin-qizlar ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirishda, shuningdek ularning hayotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni xal qilishda NNTlar ulushini oshirish sanaladi.
Ushbu konsepsiya orqali nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik mexanizmlarini takomillashishi, uzoq yillik tajribaga, o‘zining namunali ish uslubiga ega bo‘lgan va ish tajribasini ulasha oladigan jamoat tashkilotlarning boshqalari bilan uyg‘unlikda ish olib borishishiga erishish kutilmoqda.
Ayni paytda O‘zbekistonda 9697 ta nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud bo‘lib, ulardan 376 tasi xotin-qizlar sohasida ish olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter