Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligi bilan 4 nafar mahkum ayol ozod etildi
O‘zbekiston Oliy sudi va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy sheriklik asosida imzolagan memorandumga muvofiq Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tuman sudi tomonidan 42-son manzilli koloniyasi binosida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida o‘z xatosini to‘la anglab, jamiyat ravnaqi, oilasi farovonligi va farzandalari tarbiyasiga astoydil ahd qilgan 4 nafar mahkuma ayol Xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligida muddatidan oldin ozod etildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ular uchun belgilangan jazo muddatlari qisqartirilib, o‘talmay qolgan muddat ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirildi.
Avvalroq, Xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari huzurida 155 dan ortiq zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish Markazlari (shelterlar) tashkil etilgani ma’lum qilingan edi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan jinoyat sodir etganligi uchun jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etilgan ayollarni qayta o‘qitish va ishga joylashishi uchun maxsus kurslar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter