Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ma’lumotni o‘rganmoqda

Xotin-qizlar qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ma’lumotni o‘rganmoqda

Foto: «O‘zA»

Surxondaryo viloyati Denov tumanida istiqomat qiluvchi ayollar — T. Kenjayeva hamda M. Boboyevaning og‘ir ijtimoiy ahvolda ekani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. 

Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari Toshkent shahar «Mehr saxovat uyi» reabilitatsiya markazi muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash markazi rahbari podpolkovnik Bahodir Dushayev bilan muloqot qildi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 1978 yilda Denov tumanida tug‘ilgan T. Kenjayeva og‘ir ijtimoiy muammolarga duch kelgan. O‘zi va farzandlari bir necha bor fuqaroviy eri T.O. tomonidan ma’naviy va jismoniy zo‘ravonliklarga duch kelgan. Hozirda Toshkentdagi «Mehr saxovat uyi» reabilitatsiya markazida yashab kelmoqda.

Markazda istiqomat qilayotgan M. Boboyeva ham xuddi Kenjayeva singari oilaviy muammolar tufayli ikki yil burun ota uyidan chiqib ketgan va hanuz turli joylarda yashab kelmoqda. Denov tuman hokimi unga vaqtincha yashash uchun 2018 yilda eski maktab binosidan xona ajratib bergan, ammo joy ayolni qoniqtirmaganligi uchun rad etgan.

Qo‘mita rahbariyati ushbu masala bo‘yicha Denov tumani hokimi bilan suhbatlashdi hamda ayollarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. T. Kenjayevaga Denov tumanidagi «Namuna» MFYda 2 sotix yer maydoni ajratilib, homiylar yordamida uy-joy qurib berishga kelishildi. Shuningdek, M. Boboyevaga ham tuman hokimligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda xonadon ajratish bo‘yicha kafolat xati taqdim etilgan. 

Mazkur masalani Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z nazoratiga olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring