Xotin-qizlar muammolarini tinglashga mo‘ljallangan «ishonch telefoni» yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida «ishonch telefoni»ni yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi xalqaro xamkor tashkilotlar ko‘magi ostida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy hamda ruhiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga manzilli yordam berishni yo‘lga qo‘ygan.
Xotin-qizlar qo‘mitalari qoshida oilalarni mustahkamlash, suitsidlarning oldini olish, tushkunlika tushib qolganlarga psixologik yordam berish, sababsiz ajralishlar sonini kamaytirish, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarni reproduktiv salomatligini muhofaza qilish ayniqsa, chekka qishloq hududlarida onalar kasalligi va perenatal kasalliklar profilaktikasi va ularning oldini olish maqsadida «ishonch telefoni» tizimli joriy etish hamda ularda tajribali psixologlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda faoliyat olib borishini ta’minlashdir.
Ishonch telefonlarini joriy etilishi viloyatda salbiy holatlarni oldini olish, o‘z joniga qasd, oilaviy ajrimlar va jinoyatchilikni oldini olishda ayollarga huquqiy madaniyat va saviyasini oshirishga albatta o‘z samarasini beradi.
Seminar shahar va tuman xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxasislari hamda MFY lardagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislardan vakillar ishtirokida o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter