Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar muammolari bo‘yicha anonim so‘rov o‘tkaziladi

Xotin-qizlar muammolari bo‘yicha anonim so‘rov o‘tkaziladi

Foto: Facebook / Tanzila Norboyeva

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochgani haqida xabar bergan edik.

Bosh vazir o‘rinbosari ijtimoiy tarmoq orqali darhol yangi g‘oya va tashabbuslarga kirishib ketdi. O‘zining xabariga ko‘ra, ayollar va xotin-qizlarning muammolariga bag‘ishlangan anonim so‘rovnoma o‘tkaziladi.

«Doimo ayollar bilan qanchalik ochiq, yuzma-yuz suhbatlashmay, ularning qalbida hech kimga ayta olmaydigan gaplari borligini sezib turaman. Bugun shu sababdan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilayotgan uy bekalari, ijtimoiy faol bo‘lmagan ayollar orasida anonim savol-javoblar o‘tkazishga qaror qildik», deb yozadi T.Norboyeva.

Qayd etilishicha, anonim so‘rovnoma natijalari asosida ayollarga nisbatan adolatsiz munosabatlarning tub ildizi o‘rganiladi. Ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida muammolarning yechimi bo‘yicha aniq va asosli chora-tadbirlar aks ettirilgan «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.

Anonim so‘rovnomaning ijobiy tomoni shundaki, avvalo bu orqali ayollar bilan dialog o‘rnatiladi va ularning hech kimga ayta olmaydigan g‘amu tashvishlari, armonlarini bilib olishga imkon tug‘iladi. Bunday amaliyot respublika miqyosidagi boshqa hududlarda ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring