Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyalik ekspertlar «O‘zbekiston tarixi» telekanalini yaratishda ko‘mak beradi

Germaniyalik ekspertlar «O‘zbekiston tarixi» telekanalini yaratishda ko‘mak beradi

Foto: Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot xizmati​

Germaniya mahalliy telekompaniyalar assotsiatsiyasi prezidenti, ekspert Rene Falkner bilan «O‘zbekiston tarixi» telekanali yaratilishi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot xizmati​ xabar berdi.

Germaniyalik mutaxassis «O‘zbekiston tarixi» telekanali yaratilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirib, telekanal faoliyati yo‘lga qo‘yilgunga qadar o‘zbekistonlik mutaxassislarga turli seminar-treninglar, davra suhbatlari tashkil etib, amaliy yordam berishini aytib o‘tdi.

Foto: Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot xizmati​

Uchrashuvga hamohang tarzda Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Konrad Adenauer nomidagi xalqaro xayriya jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda ushbu telekanal yaratilishi, funksiyasi, unda xalqaro tajribalarni qo‘llash bo‘yicha yana bir tadbir tashkillashtirildi.

Unda xorijlik mutaxassislar, muharrir va rejissyorlar, texnik xodimlar ishtirok etib, telekanalni ommalashtirish, xalqaro tajribalarni qo‘llash, mutaxassislarni keng jalb etish bo‘yicha fikr almashildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilda Oliy Majlisga Murojaatnomasida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida «O‘zbekiston tarixi» telekanali tashkil etilishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring