Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdagi yurtdoshlarga moliyaviy yordam qay tartibda berilishi ochiqlandi

Xorijdagi yurtdoshlarga moliyaviy yordam qay tartibda berilishi ochiqlandi

Xorijda pulsiz qolgan vatandoshlarimiz qay tartibda yordam olishi mukinligi yuzasidan Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva izoh berdi.

«Joriy yil 12-aprel kuni qabul qilingan hukumat qarori asosida «O‘zbekiston fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablag‘larsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan fuqaro yashash uchun mablag‘larsiz qolganda, muassasaga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin.

Muassasa 2 ish kunida fuqarodan ariza va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, arizadagi keltirilgan asoslar to‘g‘riligini tekshiradi, uning xorijda bo‘lish sharoitlarini aniqlaydi (safar maqsadi, viza, yashash sharoiti).

Hujjatlar o‘rganilishi natijasida fuqaroga qarz mablag‘ini berish yoki rad etish bo‘yicha xat yuboradi.

Xat olganidan so‘ng 1 ish kunida muassasa fuqaro bilan qarz shartnomasini tuzadi. Oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to‘lov o‘tkazadi.

Qarz olgan fuqaro 30 kunda respublika budjetiga qarzni qaytaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring