Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident sovg‘asi topshirildi

Xorazmda ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident sovg‘asi topshirildi

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident sovg‘asi — tilla soat hamda 5 million so‘m pul mukofotini topshirildi. Bu haqda «Yangibozor ko‘zgusi» gazetasi muxbiri Umida Nurmetova «Xabar.uz»ga xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-apreldagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari X.Ataxonov, tuman xokimi O.Madraximov, tuman mudofaa bo‘limi, IIB boshlig‘i, tuman prokurori va boshqa korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida urush qatnashchilariga Prezident sovg‘asi topshirilib, Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek tuman hokimligi tomonidan har biriga bir bosh qo‘chqor, bir qop (50kg) un va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring