Xorazmda garovdagi yerni 50 ming dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga tushdi
Xorazm viloyatida garovga qo‘yilgan mulkni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Prokuraura departamenti ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro X.X. fuqaro R.ning ishonchiga kirib, unga turmush o‘rtog‘i rahbarligidagi «O.K.» fermer xo‘jaligiga qarashli, bank muassasasida garovga qo‘yilgan 2 gektar maydondagi chorvachilik bino inshooti va yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan kelishgan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter