Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 12 ta «Soliq-servis» markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Xorazmda 12 ta «Soliq-servis» markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Foto:«Xabar.uz»

Xorazm viloyatida 36 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar mavjud bo‘lib, 23 mingdan ortig‘i yuridik shaxslar, qolgani yakka tartibdagi tadbirkorlardir.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, soliq islohotlari konsepsiyasiga binoan umum belgilangan soliq turiga o‘tgan tadbirkorlarning soni 1500 taga yetdi. Bundan tashqari, soliq to‘lovchi fuqarolar va investorlarga soliq turlarining qisqarishi, soliq yukining kamayishini batafsil tushuntirish va maslahatlar berish uchun har bir davlat soliq inspeksiyasida bittadan, jami viloyat bo‘yicha 12 ta «Soliq-servis» DUKning xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritmoqda.

Soliq tizimi faoliyatining ochiqligi, shaffofligini ta’minlash, soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish va hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida faoliyat ko‘rsatayotgan «Soliq-servis» markazlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlanib, malakali soliq mutaxassislari tomonidan servis xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur markazlar soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarni bajarishda texnik jihatdan ko‘maklashmoqda. Bu esa hisobotlarni to‘g‘ri yuritish va deklaratsiyalarni topshirishda soliq to‘lovchilarga yaqindan amaliy yordam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, 24 soat davomida faoliyat yurituvchi «Call-markaz» orqali aholiga axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish ham yo‘lga qo‘yilgan.



Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring