Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazm viloyati adliya va FVB boshliqlarining jirkanch ishlari oshkor qilindi

Xorazm viloyati adliya va FVB boshliqlarining jirkanch ishlari oshkor qilindi

O‘zbekiston viloyatlarining biridagi oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchisini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyatida joylashgan Mehribonlik uyi mudirasi va ikki idora boshliqlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqqan sud majlisi 2022 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan.

«Nemolchi.uz» loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, Mehribonlik uyi mudirasi uch qizni tanlab olib, 10 oy davomida (2021 yil maydan 2022 yil fevralga qadar) «moddiy manfaat uchun ularni turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilish uchun majburlagan».

«Masalan, 2021 yilning mayida mudira hali 16 yoshga to‘lmagan R.ni tanishlaridan biri bilan yotishga majburlagan. Qiz buni istamasdan, qarshilik ko‘rsatgan, shunda mudira oshxonadan o‘qlovni olib kelib, qizning voyaga yetmagan ukasini boshqalar ko‘z-o‘ngida kaltaklay boshlagan. Qizning irodasini sindirgan ayol keyinchalik uni o‘zi buyurgan barcha erkaklar bilan yotishga majburlagan», — deb yozadi «Nemolchi.uz».

Viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘z vakolatidan foydalanib mudiraning muammolarini hal etishni va’da qilgan, 2021 yil aprelda unga xayriya maqsadida printer sovg‘a qilgan (u Adliya boshqarmasi balansida bo‘lgan va ishda foydalanilgan, keyinroq yaroqsiz holatda chiqarilgan).

«Bu kabi «xayriya»dan ikki hafta o‘tib, erkak bolalar uyi mudirasidan o‘zining jinsiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiz berishini so‘ragan. Shunda ayol 17 yoshli yetim qiz — A.ni tanlagan va unga ovqat bermay qo‘ygan, boshqa bolalardan ajratgan, tashqariga chiqishini taqiqlagan, keyin bo‘lsa, qizga viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i bilan yotishi kerakligini, chunki u A.ga 250 ming so‘mga sport oyoq kiyimini olib berganini aytgan. Natijada erkak qiz bilan yotgan, jinsiy aloqa uchun esa Adliya boshqarmasi xodimlariga xizmat uyi sifatida ajratilgan kvartiradan foydalangan», — deyiladi loyiha materialida.

Ikki oydan keyin, 2021 yil iyunda Adliya boshqarmasi boshlig‘i «mudiradan yana qiz talab qilgan va o‘sha kvartiraning o‘zida 15 yoshli A., keyinroq 16 yoshli D. bilan birga bo‘lgan».

«Bu kabi voqealar qayta-qayta takrorlangan… 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasining xizmat kvartirasidan idora boshlig‘ining voyaga yetmagan qizlar bilan jinsiy aloqalari platformasi sifatida foydalanilgan», — deya ta’kidlanadi materialda.

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i ham Mehribonlik uyi mudirasining muammolarini hal etishga va’da bergan. May boshida u homiylik yordami sifatida divan, shkaf, oshxona stoli sovg‘a qilgan bolalarga turli shirinliklar tarqatgan.

«2021 yil iyunda esa yordami evaziga jinsiy aloqa uchun qiz talab qilgan va yuqoridagi 17 yoshli R. bilan Mehribonlik uyi yotoqxonasida yotgan. Iyun oxirida u bolalar uyi mudirasiga 200 ming so‘m berib, yana qiz bilan yotgan. Shundan keyin Mehribonlik uyiga oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar olib kelib, 15 yoshli A.ni jinsiy aloqa qilishga majburlagan. Qizlar bir necha bor ushbu erkak bilan jinsiy aloqaga majburlangan, uchrashuvlar Mehribonlik uylarining o‘zida va boshqa joylarda tashkillashtirilgan», — deyiladi materialda.

Ma’lum qilishicha, sudda barcha ayblanuvchilar «qizlarni hech kim majburlamagani, ular o‘z xohishi bilan bu ishlarni qilganini» aytgan.

Sentyabr oyida birinchi instansiya Mehribonlik uyi mudirasini Jinoyat kodeksining 135-(Odam savdosi), 167-(O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddalari (Mansab soxtakorligi) bilan aybli deb topib, 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqargan.  

Adliya va Favquldda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari Jinoyat kodeksining 128-moddalari (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan aybli deb topilgan.

Ular 1 yil 6 oy muddatida ozodlikni cheklash jazosiga tortilgan. Ularga soat 22:00 dan 06:00 gacha uydan chiqish, yashash joyini probatsiya organlari bilan kelishmagan holda o‘zgartirish va o‘zlari yashayotgan viloyat hududini tark etish taqiqlangan.

2022 yil dekabr oyida apellyasiya sud instansiyasi tayinlangan jazoni o‘zgartirishsiz qoldirgan.

Ushbu holat ayon bo‘lgach, jamoatchilik faollari jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxslarga juda yengil jazo berilganini ta’kidlashmoqda. Qolaversa, bu ishning ortida boshqa amaldorlar ham turgani ehtimoli borligi aytilmoqda.

«Menda bor ma’lumotlarga ko‘ra, bu ikki sudlangan «pedofil» faqat piramidaning tepasidagi piyodalar xolos.

Xorazm viloyatida hudud katta idoralarining boshliqlaridan iborat butun bir pedofillar tarmog‘i mavjud bo‘lgan. Ular jazodan butunlay qutulib qolishgan.

Menimcha, ayni paytda qizlarning hayoti xavf ostida. Agar ular zudlik bilan Toshkentga olib ketilmasa, bugun qimmatli guvoh sifatida o‘ldirilishlari mumkin. Ularni saqlang», deb yozadi bloger Nikita Makarenko.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring