Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xodimlari Toshkent propiskasi olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi

Xodimlari Toshkent propiskasi olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi

Foto: «Xabar.uz»

«​O‘zagroservis»​ aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Hukumatning qarori bilan «O‘zagroservis» AJ rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 73 ta tashkilot mavjud edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring