Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydan O‘zbekistonga yana insonparvarlik yordami keldi (foto)

Xitoydan O‘zbekistonga yana insonparvarlik yordami keldi (foto)

Foto:«O‘zA»

Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatimizga navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
 
Xitoy harbiy aviatsiyasi tomonidan Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelingan tibbiyot vositalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mutasaddilari tomonidan qabul qilib olindi.
Foto:«O‘zA»
 
Xitoy harbiy samolyoti bortida jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalari olib kelindi. Ular asosan yuqumli kasalliklardan himoyalovchi tibbiyot niqoblari, ko‘zoynaklar, maxsus kiyimlar, masofadan turib tana haroratini o‘lchovchi termometr, dezinfeksiyalovchi apparat kabi eng zarur buyum va vositalardan tashkil topgan.
 
Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyida ham Xitoydan insonparvarlik yordami jo‘natilgandi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring